Toshkent shahriga kirib keluvchi yoʻlovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi
“Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5260-son, 16.10.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Toshkent metropoliteni” UK “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga oʻtkazilib, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga oʻzgartirildi.
“Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
“Toshkent metropoliteni” DUK 2024-yil 1-yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli roʻyxat boʻyicha import tovarlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.
2022-yil 1-iyulgacha 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qoʻyliq bozori, Chilonzor) transport oʻtish bogʻlamalari;
2022-yil 1-oktabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yoʻlovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.
2022-yil 1-yanvardan quyidagi maʼlumot va xizmatlarni oʻz ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi:
- metropoliten yoʻnalishlari (ularning qurilishi boʻyicha maʼlumotlar);
- bekatlar (ular atrofida joylashgan obyektlar va jamoat transporti yoʻnalishlari);
- poyezdlar harakati jadvali;
- elektron toʻlov.
2022-yil 1-aprelgacha yer usti halqa metro bekati yoʻnalishida yoʻlovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bogʻlash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Qaror bilan shuningdek, 2021–2023-yillarda Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring