Toshkent shahrida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi

13:25 05 Iyun 2022 Sport
653 0

Joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent shahrida mahallarda istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi boʻyicha ommaviy sport musobaqalarining shahar bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi majmuasida boʻlib oʻtdi.

Musobaqada Toshkent shahrining 12 ta tumanidan koʻchalararo mahalla bosqichi, sektor va tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalari boʻyicha jami 72 nafar oʻgʻil va qizlar ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan bahslarda gʻolib deb topilgan jamoalar Respublika bosqichida A, B, C ligalarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?