Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm kredit yoʻnaltiriladi

Foto: president.uz
Yigʻilishda 2023-yilda poytaxtda aholi bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ulkan marralarga erishishda tadbirkorlarga tayanish, ularni qoʻllab-quvvatlash lozimligi taʼkidlandi.
Jumladan, bu yili Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm kredit yoʻnaltiriladi, oilaviy tadbirkorlik uchun 300 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Mutasaddilarga yil yakuniga qadar:
— 14 ta yirik savdo kompleksini ishga tushirish, shuningdek 12 mingta savdo-servis obyektlari tashkil etishni taʼminlash;
— 57 ta mehmonxona, 3,5 mingta umumiy ovqatlanish va mahallalarda 7 mingta savdo-servis obyektlarini ishga tushirishga koʻmaklashish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring