Toshkent shahri va viloyat hokimlari tanqid qilindi
Toshkent shahri va viloyat markazlarida birorta hokim boʻsh joylarni topib, yashil hudud, odamlar toza havoga chiqib oʻtiradigan joylar, sport maydonchalari, fontanlarni koʻpaytirishni oʻylamayotgani tanqid qilindi.
Bor sport maydonchalari va bolalar oʻyingohlari, uylar orasidagi yashil hududlar qurilish uchun berib yuborilayotganidan odamlar norozi.
Misol uchun, barcha koʻp qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirib berish boʻyicha topshiriq berilgan. Lekin, Toshkent shahri hokimining 5-maydagi qarori bilan 9 ming 802 ta koʻp qavatli uylarning faqatgina bino ostidagi yerlari kadastr bilan biriktirilgan.
“Maqsadi bitta – qolgan yerlarni qurilish qilish uchun tadbirkorlarga sotish! Qani topshiriq nazorati? Qani qonunning kuchi?” – dedi Prezident.
Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga “Oʻzbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda “yashil” hudud, sport maydonchasi, bolalar oʻyingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan boʻlsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.
Koʻp qavatli uylarga tutash hududlarni boshqaruv kompaniyalariga berish boʻyicha hokimlarning qarorlarini oʻrganib, qonunga zidlarini bekor qilish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring