Toshkent shahri elektr taʼminoti tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha katta dastur qabul qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari poytaxtning rivojlanish rejalarini belgilashda albatta mavjud va istiqbolli energetika masalalarini hisobga olish zarurligini qayd etdi.
Poytaxtda soʻnggi 6 yilda elektr energiyasi isteʼmoli 30 foizga oshib, yiliga qariyb 8 milliard kilovatt-soatga yetdi.
Soʻnggi yillarda poytaxt uchun eng dolzarb boʻlgan uy-joy qurish, mahallalarni obod qilish, yangi korxonalar va ish oʻrinlarini yaratish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Lekin poytaxtga elektr energiyasi Yunusobod orqali oʻtgan bitta yuqori kuchlanishli tarmoq orqali yetkazib berilmoqda. Mavjud podstansiyalar maʼnan va jismonan eskirgan. Shu bois, endi poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa boʻladi.
Shu maqsadda Toshkent shahri elektr taʼminoti tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha katta dastur qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring