Toshkent Osiyoda “Bike city”, yaʼni “velosiped shahri” maqomini olish sari muhim qadam tashladi

Yaqinda Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti, janob Osama Ahmad Al-Shafar rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Yuqori martabali mehmonga Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti yordamchisi Mariam Mazin Yoqub Al-Sabboh, ASS xodimlari Abduraxmon Davidov hamda Damiko Fabritsiolar hamrohlik qilishmoqda.
Bugun erta tongdan mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Toshkent shahrining markaziy koʻchalari boʻylab “Tashkent – bike city” velosaylida ishtirok etishdi.
“Bugungi kunda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish juda muhim, ayniqsa pandemiya davrida. Prezidentimiz tomonidan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga doir koʻplab qarorlar qabul qilinmoqda. Shaharlar ichida veloyoʻlaklar tashkil etilmoqda. Biz shu kabi infratuzilmalarni yaratish bilan birga aholimiz oʻrtasida turli sport turlarini targʻib qilishimiz lozim. Bu borada velosport eng ommaviy sport turi sifatida ayni muddaodir, zero bu ham salomatlik, ham ekologiya uchun foyda boʻladi. Bugungi velosayrimizda ham Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti qatnashmoqda, keyinchalik bu kabi tadbirlarimizda taniqli davlat arboblari, sportchilar va sanʼat namoyondalari ham qatnashib, muxlislar orasida velosportni targʻib qilsa, velosipeddan foydalanuvchilar soni ortib, shaharlarimiz yana-da koʻrkam koʻrinish oladi. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni bu kabi tadbirlarda qatnashishga chorlab qolaman”, - dedi Aziz Abduhakimov.
Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasidan start olgan velosaylda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek turli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari, yosh va faxriy velosportchilar, sanʼatkorlardan iborat jami 100 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz faol qatnashdi.
Oʻz navbatida, bunday tadbirlar hamda shahar hududida professionallar va havaskorlar ishtirokida turli poygalarning oʻtkazilishi Toshkentning “Bike city” xalqaro maqomini olish imkoniyatini oshiradi. Qolaversa, yuqori davlat boshqaruvi organlari xodimlari ishtirokida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish yoʻlidagi eng yaxshi vositadir.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda shaharda velosipeddan foydalanish va shahar velosiped infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha dunyoning yetakchi shaharlari qatoriga Monreal, Kopengagen, Utrext, Amsterdam, Strasburg, Malmyo, Bordo, Antverpen, Lyublyana, Tokio, Berlin, Vena singari shaharlar kiradi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring