Toshkent moliya instituti va Fiskal institut bitiruvchi talabalariga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti diplomi beriladi

“Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-62-son, 07.02.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni qoʻshib olish yoʻli bilan) qayta tashkil etildi.
“Taʼlim — fan — innovatsiya — raqamlashtirish” ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yoʻlga qoʻyish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bunda universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik taʼminot boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 oʻquv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
Universitetda 2024/2025 oʻquv yilidan bakalavriat va magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda oʻqitiladigan guruhlar tashkil etiladi.
Taʼlim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring