Toshkent metropolitenidan bir kunda oʻrtacha necha kishi foydalanmoqda?

2025-yilda Toshkent metropolitenida kunlik oʻrtacha yoʻlovchi tashish hajmi 12,6 foizga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar mart oylarida Toshkent metropolitenida 70,2 mln nafar yoʻlovchi tashilgan.
Taqqoslash uchun, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,2 mln nafarga koʻpdir.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, bu yil yanvar mart oylarida poytaxt metropolitenida bir kunda oʻrtacha 780 ming nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 12,6 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring