Toshkent markazidagi knyaz Romanov saroyi rekonstruksiya qilinmoqda

17:30 02 Oktyabr 2021 Madaniyat
1512 0

Foto: liveinternet.ru

Toshkentdagi knyaz Romanov saroyida 2-oktabr kuni konferensiya boʻlib oʻtdi. Bu haqda nova24.uz xabar berdi.

Konferensiyaning asosiy mavzusi rezidensiyani rekonstruksiya qilish va binoning asl meʼmoriy qiyofasini qaytarishga bagʻishlangan. Ushbu loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyev homiyligida amalga oshirilmoqda, unga arxitektura va restavratsiya sohasidagi xalqaro professional restavratorlar jalb qilingan.

“Bizning maqsadimiz – bu betakror meʼmoriy yodgorlik va unga tutash boʻlgan park maydonini omma hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratish maqsadida saqlab qolishdir. Mehmonlar Markaziy Osiyo meʼmorchiligi uchun gʻayrioddiy boʻlgan bu joy bilan tanishishlari mumkin boʻladi. Umid qilamizki, boʻlajak muzey poytaxtning asosiy sayyohlik joylaridan biriga aylanadi”, - dedi turizm va sport ishlari vaziri Aziz Abduhakimov.

Vazir, shuningdek, muzey binosi va dizaynining dastlabki konsepsiyasi ishlab chiqilgani va tasdiqlanganini aytgan.

“Prezident bu binoning asl qiyofasini tiklash boʻyicha aniq topshiriqlar berdi. Bu topshiriqlar 100% ishlamasligi mumkin, lekin iloji boricha bajariladi. Binoning huquqiy maqomi Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining yangi filiali boʻladi”, - dedi Abduhakimov.

Bundan tashqari, turizm va sport ishlari vaziri binoning oʻzi asosiy koʻrgazma boʻlib qolishi, shuning uchun mutaxassislar restavratsiya loyihasini tayyorlashga juda masʼuliyat bilan yondashishi, hech qanday qayta qurish yoki oʻzgarishlar boʻlmasligi, hamma narsa yaxshilab tiklanishini aytgan. Knyaz Romanov saroyida hamma narsa oʻz koʻrinishini saqlab qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?