Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
28-sentabrdan start olgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining bugun tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur marosim poytaxtdagi yangi ochilgan “Renessans hall” kinokonsert zalida tashkil etildi.
Marosimda “Kino 5 kunda” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi. Jumladan, tanlovda eng yaxshi deb topilgan “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi uchun yosh rejissyor Sherzod Nazarovga “Gran pri” mukofoti topshirildi.
Toshkent xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli uchun” Tursunboy Pirjonov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” Madina Mahmudova va boshqa nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar taqdirlanishdi.
Shuningdek, “Dunyo yoshlari kinosi Yangi Oʻzbekistonda” koʻrik-tanlovi gʻoliblari ham aniqlandi. Sahnada ularga “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus statuetkasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mehmonlarga taniqli xorijiy va oʻzbek estrada yulduzlari tomonidan shou-konsert taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring