Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri yaqin, yurtimizga IJF rasmiylarining tashrifi boshlandi

13:13 03 Mart 2021 Sport
940 0

Joriy yilning 5-7-mart kunlari poytaxtimizdagi “Humo Arena” saroyida dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri oʻtkaziladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 72 davlatidan jami 508 nafar dzyudochi medallar hamda Tokio Olimpiadasi yoʻllanmalari yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Ayni paytda musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarliklar yakuniga yetmoqda. “Humo Arena” mehmonlarga muntazir.

Kechadan musobaqa rasmiy delegatlarining poytaxtimizga tashrifi ham boshlandi. Xususan, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) sport direktori, hamyurtimiz Armen Bagdasarov, IJF taʼlim komissiyasi direktori Muhammad Meridja va IJF Hakamlar boʻlimi direktori Daniyel Laskau yurtimizga yetib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi vakillari kutib oldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi jami 4ta tarkib bilan ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?