Toshkent davlat agrar universitetida “Oʻrik va olma sayli” mavzusida ilmiy-amaliy dala seminari boʻlib oʻtdi

10:08 17 Iyun 2025 Jamiyat
178 0

Toshkent davlat agrar universitetining oʻquv-amaliy tajriba xoʻjaligida meva va sabzavotchilik sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari navbatdagi amaliy samarasini bermoqda. Xususan, oʻrik va olma mevalarining yangi, yuqori hosilli va suvsizlikka chidamli navlari yaratilib, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasiga keng joriy etilmoqda.

Aynan shunday ilmiy yutuqlar asosida joriy yilning iyun oyida universitetning tajriba xoʻjaligida «Oʻrik va olma sayli» mavzusida ilmiy-amaliy dala seminari oʻtkazildi.

Seminarni universitet rektori, professor Nurbek Oblomuradov ochib berar ekan, Prezidentimiz rahbarligida agrar sohani isloh qilish, ilm va amaliyot uygʻunligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida taʼkidladi. Shuningdek, olib borilayotgan tadqiqotlar va ular asosida qoʻlga kiritilayotgan natijalarning amaliyotga joriy etilayotgani qayd etildi.

Seminarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, FAO – BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, Suvchilar maktabi, xorijlik ekspertlar, fermerlar, dehqonlar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Dala seminari davomida ishtirokchilar tajriba xoʻjaligida parvarishlanayotgan olma va oʻrik navlari bilan yaqindan tanishishdi. Ularning hosildorligi, ekologik talablarga mosligi, oziq-ovqat xavfsizligidagi oʻrni haqida maʼlumotlar berildi.

Seminar doirasida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, taniqli musavvir Ashur Muhammad va uning shogirdlari jonli manzaralar asosida oʻrik va olma bogʻlarining rassomlik obrazini yaratdi. Bu badiiy faoliyat ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Tadbir yakunida “Agrar yulduzlari” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar barchaga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Mazkur seminarning asosiy natijasi sifatida ilm-fan, ishlab chiqarish va sanʼatning uygʻunlashuvi, shuningdek, yoshlarning agrar sohaga qiziqishini oshirish yoʻlida yana bir muhim qadam qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер