Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi Jizzax shahrida o‘tkazilgan Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar buyuk shoiralarimizdan biri Zulfiyaxonim va atoqli adib Hamid Olimjon xotirasiga bag‘ishlangan muzeyga ekskursiya uyushtirdilar. Muzeyda ijodkorlarning boy adabiy merosi, hayot yo‘li hamda milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Talabalar va o‘qituvchilar ijodiy muhitni his qilish, shoirlarning qo‘lyozmalari, shaxsiy buyumlari va tarixiy fotosuratlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu tadbir yoshlarda o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va buyuk siymolar merosini yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qildi.

Tadbir so‘ngida universitet jamoasi Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan kitoblar bilan tanishib, yodgorlik oldida suratga tushdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring