Toshkent bozorlarida toʻlov miqdorlari oʻzgardi
Toshkent shahar hokimi tomonidan poytaxtdagi bozorlar va savdo komplekslaridagi bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatiladigan xizmatlar narxlarini yangi miqdorlarda joriy etish haqida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, Sergeli mashina bozori, Oʻrikzor savdo kompleksi va boshqa bozorlardagi savdo faoliyati uchun undiriladigan toʻlovlar oʻzgartirildi.
Yangi tariflar savdo rastalari ijarasi va turli xizmatlar uchun belgilangan. Shuningdek, ayrim mahsulotlar savdosi uchun patta narxlari ham qayta koʻrib chiqildi. Yangi tariflar 1 oʻrin uchun bir kunlik toʻlov miqdorini oʻz ichiga oladi.
Hoʻl mevalar uchun patta narxi 18 ming soʻm etib belgilangan boʻlib, bu avvalgi 15 ming soʻmdan 3 ming soʻmga oshgan. Sitrus va tropik mevalar uchun bir kunlik yigʻim 39 ming soʻm boʻlib, avvalgi 32 ming soʻmdan 7 ming soʻmga koʻtarilgan. Quruq mevalar uchun toʻlov miqdori 40 ming soʻm etib belgilanib, avvalgi 33 ming soʻmdan 7 ming soʻmga koʻpaygan.
Sut mahsulotlari uchun toʻlov 15 ming soʻm etib belgilanib, bu avvalgi 18 ming soʻmdan 3 ming soʻmga kamaygan. Poliz mahsulotlarining bir kunlik yigʻimi 34 ming soʻm etib tasdiqlanib, bu avvalgi 28 ming soʻmdan 6 ming soʻmga oshgan. Goʻsht mahsulotlari uchun toʻlov 42 ming soʻm boʻlib, avvalgi 35 ming soʻmdan 7 ming soʻmga oshirilgan.
Mazkur oʻzgarishlar bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan savdo ishlarini tartibga solish, xizmatlarni yaxshilash hamda bozor infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Yangi tariflar savdogarlar va bozor maʼmuriyatlari oʻrtasidagi munosabatlarni qonuniy asosda tartibga solishda muhim oʻrin tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring