«Toshkent — Andijon» pulli yoʻlining qurilishi tez orada yakunlanadi — Transport vaziri oʻrinbosari

17:51 03 May 2024 Iqtisodiyot
519 0

Arxiv surat

Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi sessiyada «Toshkent—Andijon» pulli yoʻlini yaratish ishlari yakuniga yetib qolganini maʼlum qildi.

«Iyun oyi oxirigacha biz texnik-iqtisodiy ishlarni tugatamiz. Yangi pulli yoʻl Toshkent va boshqa hududlarni Fargʻona vodiysi bilan bogʻlashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 km boʻlib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi», — deydi Jasurbek Choriyev.

Bundan tashqari, uzoq yillardan beri asosiy maqsadlardan biriga aylangan transafgʻon temiryoʻli haqida ham maʼlumot berildi.

«Loyiha uchta davlatni bir-biriga bogʻlashga yordam beradi — Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston. Temiryoʻl Yevrosiyo transport yoʻlagini yaratishda muhim rol oʻynaydi. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga chiqish imkoniga ega boʻladi. Temiryoʻl tovarlar yetkazib berish muddatini 35 kundan 5 kungacha qisqartiradi. Tovarlarni yetkazib berish narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027-yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Yana bir muhim loyiha bu albatta Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishidir. Bu nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo rivojlanishida katta rol oʻynovchi temiryoʻl boʻladi. Loyihaning asosiy kelishuvlari allaqachon hal qilingan boʻlib, uning qiymati taxminan 5,1 milliard dollarni tashkil qilsa, uzunligi hozirgacha 454 km boʻlishi kutilmoqda», — deydi Transport vazirining birinchi oʻrinbosari.

Bundan tashqari, Jasurbek Choriyev Samarqand aeroportidagi muvaffaqiyatli loyihadan keyin, Urganch aeroportini ham Davlat-xususiy sherikchilik loyihasiga aylantirish kutilayotganini aytib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер