Toshkent aeroportining uchib kelish zalida yoʻlovchi ayol hushini yoʻqotdi

15:51 01 Iyun 2024 Jamiyat
1017 0

Ijtimoy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida bagaj aravachalari va katta hajmdagi yuklar bilan odamlar toʻplanib turgani aks etgan video tarqaldi. Unda yoʻlovchilardan biri hushidan ketganiga guvoh boʻlish mumkin. “Uzbekistan Airports” mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi. 

Bildirilishicha, yoʻlovchilarning toʻplanib turishi aeroportda yuklarning kechikishi bilan bogʻliq emas. Istanbul—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY-272 reysi Toshkent vaqti bilan soat 19:04 da poytaxt aeroportiga qoʻngan. Samolyotdan yuklarni tushirish 19:23 da boshlangan. Shunday qilib, bagajlar oʻz vaqtida yoʻlovchilarga yetkazilgan.

Yoʻlovchilarning toʻplanib qolishi bagajlar olingach, bojxona nazoratiga oʻtish joyida kuzatilgan. Tegishli xizmatlar maʼlumotlariga koʻra, Bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan fuqarolarga bir necha bor qonun hujjatlari boʻyicha tushuntirishlar berilganiga qaramay, koʻp miqdorda yuki boʻlgan bir necha yoʻlovchilar tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirishdan bosh tortgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik maqsadida tovarlar olib kirilayotganda bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllanadi. Tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlar yuk bojxona deklaratsiyasi asosida rasmiylashtiriladi va bojxona toʻlovlari belgilangan bojxona stavkalari boʻyicha undiriladi. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvi qoʻllanadi.

Uchib kelish zalida hushidan ketgan ayolga aeroport tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Dastlabki xulosaga koʻra, ayolning hushdan ketishiga uning sogʻligʻidagi muammolar sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер