Toshkent aeroportida janjal koʻtargan Rossiya fuqarosi qamaldi
Kecha, 12-may kuni Toshkent–Moskva yoʻnalishida uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan reys bortida mast holatda janjal chiqargan va ekipaj aʼzolarini haqorat qilgan. Bugun, 13-may kuni xorijlik huquqbuzarga 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu xabarni Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov “Xalq soʻzi” ga tasdiqladi.
Obidovning maʼlum qilishicha, 12-may kuni soat 15:40lar atrofida Rossiya fuqarosi – 39 yoshli А.М. spirtli ichimlik taʼsirida Toshkent–Moskva yoʻnalishida uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan reys bortida janjal koʻtargan. U jamoat tartibini buzib, ekipaj aʼzolarini haqorat qilgan.
Shundan soʻng, А.М.га nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismlariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Sergeli sudiga taqdim qilingan.
Sud qarori bilan Rossiya fuqarosiga nisbatan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi, shuningdek 340 ming soʻm miqdorida jarima tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring