Toshkent aeroportida sayyohlik kompaniyalari uchun infotur tashkil etildi

“Toshkent” xalqaro aeroportida mamlakatimiz bosh havo bandargohi orqali sayyohlarni ham qabul qilish, ham joʻnatish bilan shugʻullanuvchi turoperatorlar vakillari uchun infotur boʻlib oʻtdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangilanayotgan aeroport infratuzilmasi, yangi savdo shoxobchalari, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish nuqtalari, yuqori qulaylikdagi zallar, aeroportning qoʻshimcha xizmatlari xaqida maʼlumot berish, shuningdek, turizm sanoati vakillarining fikr-mulohazalarini olishdan iborat edi.
“Uzbekistan Airports” xodimlari xalqaro aviaqatnovlar terminalining uchib kelish va uchib ketish zallari boʻylab ekskursiya oʻtkazib, turoperatorlarning barcha savollariga javob berishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlar mahalliy “Silk Avia” aviakompaniyasi samolyoti bortiga chiqishdi, unda turli boʻlimlar rahbarlari aviatashuvchining faoliyati haqida batafsil soʻzlab berishdi.
Tadbir yakunida davra suhbati boʻlib, unda sayyohlik kompaniyalari va aeroport vakillari oʻzaro fikr almashib, hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring