Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

13:48 12 Aprel 2025 Jamiyat
474 0

Oʻzbekiston boʻylab valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga, 83 800 Rossiya rublini 12,9 million soʻmga va 485 500 tengeni 13,1 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Yakkabogʻ tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. fuqaro M.X.dan 3 500 AQSH dollarini 45,1 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Gurlan tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.K. “Gurlan dehqon bozori” AJ oldida fuqaro M.X.dan 350 000 Rossiya rublini 52 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер