Toʻraqoʻrgʻonda qadoqlangan mahsulot eksportga chiqarilmoqda
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Hozirga qadar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Buramatut fruts centre” masʼuliyati cheklangan jamiyati aholi tomorqalarida yetishtirilgan meva va sabzavotlarini eksportga chiqarish bilan shugʻullanib kelayotgandi. Endilikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qadoqlashga ham kirishdi. Uning Oqtosh kichik sanoat zonasida ishga tushirgan korxonasida bir necha turdagi neʼmatlarni havosi soʻrib olingan bejirim idishlarga joylashtirish yoʻlga qoʻyildi.
— Mazkur loyihani Rossiya bozoridagi talabdan kelib chiqib amalga oshirdik, boshlanishiga mahsulotlarimiz shu davlatdagi hamkorlarga yuboriladi, — deydi MCHJ rahbari Nodirjon Botirov. — Dastlabki bosqichda pishirilgan makkajoʻxori qadoqlanmoqda. Navbati bilan qizilcha, sabzi, kartoshka va oshqovoqni ham zamonaviy usulda sotuvga tayyorlashni oʻzlashtiramiz.
Maʼlumot uchun, loyiha qiymati 10 milliard soʻm boʻlgan moʻjaz korxonada yiliga 2 ming tonna mahsulot tayyor holga keltiriladi. 5 million dollar miqdoridagi qadoqlangan mahsulot tashqi bozorga chiqariladi. Ayni paytda bu yerda mahalliy yoshlardan 30 nafari mehnat qilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring