“Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi”ning ikkinchi energobloki qayta ishga tushirildi
Energetika vazirligi tizimidagi “Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi”da Yangi 2022-yilning ilk bayram kunlarida 2-energoblok Havoni kompleks tozalash uskunasida (KVOU) 1- va 2-pogʻona havo filtrlarini yangilash boʻyicha rejada koʻzda tutilgan ishlar tashkil qilindi.
Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ maʼlum qildi.
Ishlar elektr stansiyasi mutaxassislaridan iborat maxsus brigadalar tomonidan “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “Oʻzbekenergotaʼminlash” aksiyadorlik jamiyatlari masʼul xodimlari, shuningdek, havo filtrlarini yetkazib beruvchi “EMW Filtertechnik rus” (Rossiya) kompaniyasi va loyiha bosh pudratchisi MHPS konsorsiumi vakillari ishtirokida amalga oshirildi.
Masʼuliyatli va muhim hisoblangan ushbu tadbir davomida 2-energoblokning 624 ta 2-pogʻona filtrlari “EMW Filtertechnik rus” kompaniyasining yangi filtrlari bilan almashtirildi, 624 ta 1-pogʻona havo filtrlari oʻrniga esa “TOM PROF” korxonasi (Oʻzbekiston, Navoiy viloyati) tomonidan ishlab chiqarilgan kasseta tipidagi yangi havo filtrlari oʻrnatildi.
Stansiyaning qish kunlarida ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha qariyb 36 soat davom etgan montaj ishlari yakunlangach, 2022-yil 4-yanvar kuni stansiyaning ikkinchi energobloki qayta ishga tushirildi hamda stansiya toʻliq shtat rejimida elektr energiyasi ishlab chiqara boshladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring