Toʻqson ming oila uy-joyli boʻladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursinoy Murodovaning Andijon viloyati Qorasuv shahar 27-Musiqa va sanʼat maktabidagi uchrashuvlari koʻtarinki ruhda oʻtdi.
Tadbirda Konstitutsiyamizga koʻplab konseptual yangi normalar kiritilayotgani, jumladan, 20-moddada insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi kafolatlanayotgani qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, oʻtgan yili mamlakatimizda 50 ming oila uchun yangi kvartiralar olishga sharoit yaratib berilgan edi. Bu yil 90 ming oilani uy-joyli qilish marrasi olingan. Yaqin 2-3 yilda esa bu raqamni 200 mingga yetkazish ustida ishlanmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada har kimning uy-joyli boʻlish huquqi belgilanmoqda. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning oʻz boshpanasiga ega boʻlishini taʼminlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Xalq vakili T.Murodovaning navbatdagi uchrashuvi Xonobod shahridagi Musiqa va sanʼat maktabida davom etdi. Uchrashuv davomida deputat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangiliklar haqida yigʻilganlarga tushunchalar berdi.
Tadbirda soʻz olganlar yangilanayotgan Konstitutsiya bozor mexanizmlari va halol raqobat tamoyillarini, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligi kafolatlarini yanada mustahkamlashning huquqiy asosiga aylanishini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring