Toʻqimachilik korxonalariga obyektlarni oʻz kuchi bilan qurishga ruxsat beriladi
Prezident raisligida toʻqimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, mutasaddilarga:
- “A” reytingi bor tadbirkorlarga ham ikki yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish boʻyicha bir kunda xulosa berish tizimini yoʻlga qoʻyish;
- xorijdagi “erkin zonalar”ning omborlarini ijaraga olish, boʻyalgan mato eksport qilgan korxonalarga xorijiy valyutada kredit ajratish tizimini joriy qilish;
- tadbirkorlar reytingida “A” toifadagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olish va uni 70 foizi miqdorida aylanma mablagʻ uchun kredit ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish;
- toʻqimachilik korxonalariga obyektlarni oʻz kuchi bilan qurishga ruxsat berish;
- gazlama, boʻyash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotajdagi 10 million dollargacha boʻlgan loyihalar uchun chet el valyutasida olinadigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 6 foizdan yuqori qismini kompensatsiya qilish;
- toʻqimachilik korxonalari aylanmasi uchun berilgan kreditlarning qaytarish muddatini uzaytirib, tadbirkorlarga grafik boʻyicha oʻz vaqtida qaytarilgan summaga teng miqdorda “revolver” kredit berish;
- poytaxt va viloyat markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida milliy mahsulotlar doʻkonlarini tashkil qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring