Toʻqimachilik korxonalariga elektr isteʼmoli uchun 1 oylik oldindan toʻlov talabi bekor qilinadi
Illustrativ foto
“Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–2-son, 10.01.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 3 yil muddatga yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga elektr energiyasi isteʼmoli uchun bir oylik oldindan toʻlov talabi bekor qilinadi.
Soha korxonalarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun 2023-yil 1-aprelgacha 2 yil muddatga 500 million AQSH dollari miqdorida xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish choralari koʻriladi.
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va doʻkonini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻni chet elga oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Yil yakuniga qadar Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida toʻqimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda Toshkent viloyatida toʻqimachilik va charm sanoati mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan industrial texnopark tashkil etiladi.
2023-yil 1-aprelgacha talab yuqori boʻlgan professional kasblar (tikuvchi, bichuvchi, yigiruvchi, mexanik) yoʻnalishida dual taʼlim tizimida mutaxassislar tayyorlash va xorijiy (Germaniya, Turkiya) taʼlim dasturlarini joriy qilish boʻyicha pilot loyihalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida amalga oshiradi.
2023/2024 oʻquv yilidan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida toʻqimachilik sanoatida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni (muhandis, texnolog, dizayner, marketolog) tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring