“Topilmalar stoli” funksiyasi Davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazilmoqda — qaror loyihasi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Loyihaga koʻra, 2022-yil 1-martdan boshlab ichki ishlar organlari tizimining “Topilmalar stoli” funksiyasi Davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazilmoqda.
Bunda topilmalar ularni topib olgan shaxslar tomonidan respublikaning istalgan joyidagi Markazlarga topshirilishi va hamma uchun ochiq boʻlgan axborot tizimiga har bir topilma haqida maʼlumot joylashtirilishi belgilanadi.
Yoʻqotilgan ashyolarni qidirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish oʻzi kelgan holda yoki onlayn, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring