“Tolibon” hukmronligi boshlanganidan beri Afgʻonistonda 153ta OAV faoliyatini toʻxtatgan
Illyustrativ foto
Afgʻonistonda “Tolibon” harakati hukmronligiga hali bir oy boʻlmasdan mamlakatning 20 viloyatida 153 ta OAV oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Bu haqda "Tolo News" Afgʻonistondagi erkin matbuotni qoʻllab-quvvatlovchi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
«Yopilgan 153 ommaviy axborot vositalari orasida radiostansiyalar, bosma nashrlar va telekanallar bor. Ularning faoliyatini toʻxtatishga OAVga qoʻyilgan cheklovlar, shuningdek, moliyaviy muammolar sabab boʻlgan. Jurnalistlar Afgʻonistonning 20 viloyatida ishsiz qolmoqda», deyiladi manbada.
“Bu tendensiyaning davom etishi xavotirlarni keltirib chiqaradi. Biz xalqaro tashkilotlarni bu muammoni hal qilish uchun zudlik bilan choralar koʻrishga chaqiramiz. Aks holda, matbuot erkinligi va boshqa fuqarolik erkinliklari tez orada tugaydi”, deydi Afgʻoniston Milliy jurnalistlar uyushmasi vakili Masrur Lutfiy. U “Tolibon” davrida afgʻonlarning hayotini matbuotsiz bashorat qilmoqda.
Joriy yilning 15-avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallashi bilan butun Afgʻonistonda oʻz hukmronligini oʻrnatganini eʼlon qildi. Yaqinda esa “Tolibon” oʻzining muvaqqat hukumatini tuzganini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring