Tokio-2020: Assakalov yarim finalga chiqolmadi
XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining yunon-rum kurashi bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Assakalovning chorak final bellashuvi yakuniga yetdi.
Yarim final yoʻllanmasi uchun kechgan bahsda tajribali sportchimizga xorvatiyalik Ivan Xuklek raqib boʻldi.
24 yoshli Ivan Xuklekning jahon chempionatlaridagi eng yuqori natijasi 8-oʻrin (2019 yil, Nur-Sulton) boʻlib, Yevropa chempionatida esa 15-oʻrinni egallagan.
Shunga qaramay, tajriba va yoshlik shijoati qarama-qarshiligida afsuski ikkinchi tomon ustunlik qildi. Xuklek 4-1 hisobida gʻalabaga erishib, yarim finalga yoʻl oldi. Endi uning finalga chiqishi uchun muxlislik qilamiz. Oʻshanda Assakalovda bronza uchun imkoniyat tugʻiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring