Toyloqda bir dona kartoshka vazni 2,2 kilogramm

19:50 20 Iyul 2023 Jamiyat
485 0

Foto: Xalq soʻzi

Bunday hosil salmogʻi va barakasi Toyloq tumanida joylashgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida kuzatildi.

— Tajriba maydonlarida 2023-yil hosili uchun 11 gektar maydonda kartoshka yetishtirildi, — deydi ilmiy tajriba stansiyasi direktori Alisher Ismoilov. – Bular kartoshkaning “Bogʻizogʻon”, “Ranomi”, “Evolyushin”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlaridir.

Ilmiy jamoa tomonidan bahorgi va yozgi muddatlarda kartoshka yetishtirishning resurs tejamkor, innovatsion usullari toʻgʻrisidagi tavsiyanomalari chiqarilib, dehqon va fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam berib kelinmoqda. Bugungi kunda ilmiy tajriba stansiyasi dalalarida har gektar yerdan 50-52 tonna hosil olinmoqda va bir dona kartoshka vazni 2-2,2 kilogrammgacha tosh bosmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер