Togʻ changʻisi: hamyurtlarimiz Italiyada navbatdagi xalqaro musobaqalarga hozirlik koʻryapti
Togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Yevropa turnirlarida oʻz ishtiroklarini olib borishmoqda. Ayni paytda Pxyonchxan-2018 va Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayev Italiyada shugʻullanmoqda.
Hamyurtimiz Kronplats shahridagi shu nomli klubda navbatdagi xalqaro musobaqalarga hozirlik koʻryapti.
Shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolari Italiyaning Allege shahrida boʻlib turishibdi. Andrey Voronov qoʻl ostida shugʻullanayotgan 6 nafar sportchimiz oʻz yosh toifalaridagi musobaqalarda ishtirok etishyapti.
Ahamiyatlisi, ularning 3 nafari 2024-yilning yanvar oyida Koreya Respublikasining Kanvon shahrida oʻtadigan oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi musobaqalarda oʻz omadlarini sinab koʻrishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring