Tizim bundan yiroq, baralla aytishimiz mumkin — Qurolli Kuchlar akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari harbiy OTMga kirishda korrupsiya yoʻqligini aytdi

16:21 15 Iyun 2021 Jamiyat
504 0

Bugun AOKAda Mudofaa vazirligi tizimida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda oliy harbiy taʼlim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish tartibiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri mutasaddilarga harbiy OTMda qabul jarayoni, tibbiy va jismoniy koʻriklardan oʻtishda uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar statistikasi boʻyicha savol berdi.

«Toʻgʻrisini aytish kerakki, jamiyatda kechayotgan jarayonlar boshqarishni talab qiladi. Prezidentimizga ming rahmat korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonun qabul qilindi, qoʻmita tuzildi, bu borada ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi taʼlim tizimi bundan (korrupsiyadan.tahr) yiroq, buni baralla aytishimiz mumkin. Mish-mish va hokazolar bu boshqa masala. Bu boʻyicha statistikaning oʻzi ham yoʻq. Shuning uchun sizlarga farzandingiz harbiy boʻlaman desa uni, albatta, Qurolli Kuchlar akademiyasiga yoʻnaltirib yuboring, biz 9ta bakalavr yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beramiz», deya javob berdi Qurolli Kuchlar akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari Rustam Samadov.

Inobat AHATOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?