O‘zbekistonda tilla tangalarni sotish bo‘yicha nizom ishlab chiqildi
O‘zbekistonda qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar sotila boshlashi haqida xabar berib o‘tgandik. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli yombilarni ishlab chiqarish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solishni tashkillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Tangalarni yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealari hamda jamiyat hayotidagi boshqa voqealarga bag‘ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki bunday tangalarni sotish va sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini e’lon qildi.
Hujjatga muvofiq, Markaziy bank tangalari O‘zbekiston Respublikasi hududida nominal qiymati bo‘yicha naqd pul shaklidagi qonuniy to‘lov vositasi, shuningdek nominal qiymatidan farq qiluvchi narxlarda kolleksiya, investitsiya va tezavratsiya (jamg‘arma) obyektlari sifatida muomalada bo‘lishi mumkin.
Markaziy bank har haftada kamida bir marta qimmatbaho metallarning bir gramm narxini aniqlaydi va e’lon qiladi. Mazkur narx qimmatbaho metallarning bir troy unsiyasi uchun avvalgi kunning London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasi (LBMA)ning ertalabki fiksing narxi va so‘mning AQSH dollariga nisbatan rasmiy kursidan foydalanib belgilanadi.
Markaziy bank tangalarini sotish va qaytib sotib olish Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi va ularning joylashgan manzili haqida ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinadi.
Markaziy bank tangalari jismoniy shaxslarga naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari asosida, shu jumladan xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi.
Markaziy bank tangalarining yuridik shaxslarga sotuvi to‘lovni talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Loyiha bilan 3 avgustga qadar tanishish, unga taklif va izohlarni kiritish mumkin. 6 avgust kuni kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring