“Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi

15:30 02 Mart 2025 Jamiyat
597 0

Illyustrativ foto

Xorijiy atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha jamoatchilik yuborgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqildi. Ular hozircha 30 ta atamaning oʻzbekcha muqobilini taklif etmoqda:

  1. Aysberg — Muztogʻ
  2. Bruschatka — Yoʻlgʻisht
  3. Diskussiya — Bahs, munozara
  4. Zona — Hudud
  5. Instrument — Ish quroli
  6. Intensiv — Jadal
  7. Kamera — Boʻlma
  8. Konstruksiya — Tuzilma
  9. Koordinator — Muvofiqlashtiruvchi
  10. Koridor — Yoʻlak
  11. Lider — Yoʻlboshchi, yetakchi
  12. Marshrut — Yoʻnalish
  13. Progress, progressiv — Ilgʻor, rivojlanish
  14. Dostavka — Yetkazish
  15. Probeg — Yurim
  16. Set (ovqatlar seti boʻyicha) — Toʻplam
  17. Oprava — Koʻzoynak bandi
  18. Polik — Toʻshama
  19. Balansirovka — Muvozanatlashtirish
  20. Vnedorojnik — Yoʻltanlamas
  21. Chelenj — Chorlov
  22. Navigator — Yoʻllagich
  23. Selfi — Oʻzchekim
  24. Svetofor — Yoʻlchiroq
  25. Ekspluatatsiya — Foydalanish
  26. Aksiya — Yalpi harakat
  27. Kuler — Suvlik
  28. Keshbek — Hadya-qaytim
  29. Poverbank — Kuchlantirgich
  30. Karving — Meva bezakchiligi

Taʼkidlanishicha, bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.

“Tilimizga befarq boʻlmang!” deyiladi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi eʼlonida.

Ushbu havola orqali har kim oʻz fikri va variantini bildirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер