Tibbiyotdagi oʻzgarishlarni qishloq va olis hududlarda yashayotgan millionlab odamlarimiz ham his qilyapti – Shavkat Mirziyoyev
«Tibbiyotdagi oʻzgarishlarni qishloq va olis hududlarda yashayotgan millionlab odamlarimiz ham his qilyapti, xalqaro tashkilotlar, tahlil va reyting markazlari eʼtirof etmoqda.
Yurtimizda oʻrtacha umr davomiyligi erkaklar oʻrtasida 71 dan 73 yoshga, xotin-qizlarning orasida esa 76 dan 77,5 yoshga uzaygani sizlar bilan erishgan katta yutugʻimiz, desam toʻgʻri boʻladi.
Albatta, mashaqqatli mehnat mahsuli boʻlgan bunday ezgu ishlarda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini eʼtirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi», – dedi davlatimiz rahbari.
Shundan soʻng Prezidentimiz davlatimizning yuksak unvon, orden va medallariga sazovor boʻlgan insonlarga ana shu mukofotlarni topshirdi.
Ularning orasida dunyoning nufuzli oliygohlarida taʼlim va tajriba olib, yurtimizga qaytib kelib ishlayotgan, yuqori texnologik muolajalarni amalga oshirayotgan yosh shifokorlar ham bor.
Davlatimiz rahbari aholi salomatligini saqlashda yaqindan koʻmak berayotgan xorijiy hamkorlarga alohida hurmat va ehtiromini izhor etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring