Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochiladi
Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida boʻlayotgani bejiz emas.
«Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari boʻlgan oʻgʻil-qizlarimiz mehnat qiladi.
Shu bois, tibbiy taʼlimdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi aʼzolariga malakali tibbiy xizmat koʻrsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur», – dedi Prezident.
Kelgusi oʻquv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi eʼlon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi boʻyicha rezidentura va magistratura ham yoʻlga qoʻyiladi.
Rezidenturada taʼlim olayotgan talabalar bepul oʻqish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik boʻyicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring