Tibbiy majmua yangi binoda ish boshladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon tumanidagi “Qoʻnji” mahallasida tibbiy majmua foydalanishga topshirildi. Uning tarkibida oilaviy poliklinika, shifoxona va tez yordam shoxobchasi faoliyat yuritmoqda.
— Poliklinikamiz binosi 1965-yilda qurilgan edi, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Tohirjon Zokirov. — Endilikda tumanning Xakan qishlogʻi hududidagi 19 mahallada istiqomat qiluvchi 60 ming nafardan ziyod aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati yanada ortadi. Turli xastaliklarni erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, ayniqsa, tez yordam xizmatidan foydalanish barobarida katta qulaylik yaratildi.

5 mlrd. 450 million soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan ushbu majmuada terapevt, xirurg, stomatolog, UZI va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 60 nafardan ortiq shifokor hamda oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, 30 nafar bemorning yotib davolanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring