“The Jakarta Post”: Oʻzbekiston har kuni piyoda yuradigan fuqarolarni ragʻbatlantiradi
Indoneziyaning ingliz tilidagi yetakchi nashrlaridan biri - “The Jakarta Post” gazetasida “Oʻzbekiston har kuni piyoda yuradigan fuqarolarni ragʻbatlantiradi” sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Materialda sogʻlom turmush tarziga intilayotgan oʻzbekistonliklar, xususan yil davomida kuniga 10 ming qadam piyoda yuruvchi fuqarolarga davlat sport trenajyor zallaridan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etilishi qayd etilgan.
“Orollar mamlakati” nashri Oʻzbekiston Prezidentining farmoni jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga qaratilgani, 34 million kishi istiqomat qiladigan mamlakatda avtomobilsiz kun eʼlon qilish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish uchun ochiq maydonchalar qurish va boshqa qator tadbirlarni qamrab olgani haqida xabar qilgan.
Oʻzbekiston tomonidan sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar aholini COVID-19 kabi kasalliklardan himoya qilish bilan ham bogʻliq, deya izoh berilgan.
Maqola yakunida Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan “Sport orqali pandemiyani yengamiz!” dasturi yurish, yugurish, velosport, mini-futbol, badminton, voleybol va sportning boshqa turlarini ommalashtirishga qaratilgani haqida maʼlumot berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring