Tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 10 mingta koʻchaga nom berish ishlarini yakunlash topshirildi.
Mutasaddilarga yil yakuniga qadar Oʻzbekistonning elektron raqamli xaritasini ishga tushirib, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integratsiya qilish topshirildi.
2022–2025-yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi.
Xususan, 2022-yilda 890 ta, 2023-yildan boshlab har yili 450 tadan yangi avtomobil, jumladan, reanimatsiya mashinalari olib beriladi. Barcha tez yordam transportlari navigatsiya tizimiga ulanadi.
Bu maqsadlar uchun tez tibbiy yordamga byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarni ochiq-oshkora sarflash tizimini yaratish, iqtisod qilingan mablagʻlarni transport parkini yangilashga yoʻnaltirish zarur.
Natijada kelgusi 3 yilda tez tibbiy yordam avtoparki toʻliq yangilanadi.
Buning natijasida chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqaradi.
«Oʻzavtosanoat» oldiga joriy yilda olib berilishi lozim boʻlgan mashinalarni oʻz vaqtida ishlab chiqarib, yetkazib berish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring