Test imtihonlari boshlandi. OAVga suratga olish uchun ruxsat berilmayapti
Arxiv foto
Bugun, 29-iyul kuni mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalariga qabul test imtihonlari boshlandi.
Poytaxtimizdagi Ekspomarkaz milliy koʻrgazmalar majmuasi pavilyonlarida oʻtayotgan jarayonlarni kuzatdik.
Abituriyentlar test varaqlaridan bosh koʻtarmaydi. Kuzatuvchilar ularning har bir harakatini nazorat qilib bormoqda.
Bizning eʼtiborni tortgan jihat: koʻpchilik abituriyentlarning imtihon boshlanganiga oʻtar-oʻtmas test javoblarini topshirib, pavilyondan chiqib ketayotgani boʻldi.
Hayron qoldik: abituriyentlar shunchalik bilimli boʻlib ketishganmi yoki savollar shu qadar osonlashtirilganmi?
- Nizomiy nomidagi pedagogika institutining mehnat taʼlimi fakultetiga hujjat topshirganman, - deydi yangiyoʻllik Shoira Abdurahmonova. - Imtihon koʻnglimdagidek oʻtdi. Barcha savollarni yechib chiqyapman. Koʻpchiligi tanish savollar. Oʻtgan yili ham topshirgandim. Lekin omadim kelmagan. Toʻgʻri, javoblarni tavakkal qilib ham belgiladim. Muhimi, bilgan savollarim ham tushdi. Bu yil talabalikdan umidim bor.
Darvoqe, fotomuxbirlarga mutasaddilar tomonidan imtihon jarayonlarini suratga olishga imkon berilmadi. Nizomga koʻra, soat 10:00 dan 10:20 gacha ruxsat etilar ekan. Ammo gurras-gurras tashqariga otlanayotgan abituriyentlardan bu vaqtga kelib pavilyonlar boʻshab qolishi aniq...
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring