Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Urgut tumanida “Tersak” turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan “Tersak” qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maskanga aylanmoqda.
2021-yilda “Turizm qishlogʻi” maqomi berilgan ushbu hududda infratuzilmani yaxshilash, mehmon uylarini tashkil etish, har bir xonadonni sayyohlarni qabul qilishga moslashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Ayni vaqtda qishloqda 32 ta mehmon uyi faoliyat yuritmoqda, milliy taomlar taklif qilinadigan oshxonalar ishga tushirilgan.
2023-yili “Tersak”ga 10 ming nafar xorijiy va 25 ming mahalliy sayyoh tashrif buyurgan. Joriy yilda bu koʻrsatkich yanada ortishi kutilmoqda. Shu maqsadda qoʻshimcha dam olish maskanlari, yangi mehmon uylari tashkil etilmoqda, sayyohlar uchun qulayliklar kengaytirilmoqda.
Tadbir doirasida Tersak mahallasiga “Turizm qishlogʻi” maqomi sertifikati topshirildi. Shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlarga ham sertifikatlar taqdim etildi. Bu ularning mehnatini qadrlash va sohani rivojlantirishdagi hissasini eʼtirof etish maqsadida amalga oshirildi.
“Tersak”ning rasmiy ochilishi Urgut tumani va butun viloyat turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring