Termizda 41 yoshli erkak oʻzini 6-qavatdan tashlab halok boʻldi
Videodan kadr
Termiz shahrining Farovon massivida 41 yoshli erkak oʻzini koʻp qavatli uyning 6-qavatdan tashlab, halok boʻldi. «Xalq soʻzi«ga bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, Termiz shahar IIB navbatchilik qismining bugun, 18-mart kuni soat 12:00 lardagi xabariga koʻra, 41 yoshli K.J. Termiz shahri “Bogʻishamol” MFYda joylashgan 7 qavatli uyning 6-qavatidan oʻzini tashlab, joniga qasd qilgan.
Hodisa joyiga Termiz shahar prokurori R.Ibragimov, prokuratura tergovchisi O.Absamatov, IIB boshligʻi M.Boltayev va boshqa tezkor tergov guruhi aʼzolari yetib borgan. Fuqaro yashagan xonadondan 6 dona 1,5 litrli pivo spirtli ichimligi, K.J.ga tegishli ekanligi gumon qilingan 1 dona telefon hujjatlashtirib olingan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialining dastlabki murda xulosasiga koʻra, K.J.ning oʻlimiga “bel va umurtqa suyaklarining sinishi, ichki aʼzolarining ezilishi” sabab boʻlgani koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring