Termiz xalqaro savdo markazida Qozogʻiston pavilyoni ochildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida munosabatlarni mustahkamlashda turli sohalardagi hamkorlik muhim rol oʻynaydi. “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida Qozogʻiston savdo pavilyonining ochilgani, shubhasiz, ikki davlatning savdo-iqtisodiy aloqalariga yanada izchil tus beradi.
Marosimda Qozogʻiston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev boshchiligidagi delegatsiya, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, Afgʻonistondan ham vakil ishtirok etdi.

Qozogʻiston savdo pavilyonining ochilishi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu hudud orqali Qozogʻistonning sifatli mahsulotlari Oʻzbekiston bozoriga kirib borishi, tadbirkorlar va sarmoyadorlar oʻrtasida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Delegatsiya aʼzolari Termiz xalqaro savdo markazining infratuzilmasi va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring