Termiz xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 17-18 oktabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
Ayni paytda Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini boshladi.



Anjumanda mamlakatimizning koʻzga koʻringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari, shuningdek, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan tashrif buyurgan 50 dan ortiq taniqli olim va ulamolar mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqda.
Anjumanning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hamda dunyoning oʻnga yaqin davlatidan tashrif buyurgan taniqli olim va ulamolar qatnashmoqda.



Eslatib oʻtamiz, anjumanning birinchi kunida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ochilish marosimi, xalqaro anjuman yalpi yigʻilishi, shuʼbalar yigʻilishlari, xorijlik ulamolar ishtirokida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi talabalari bilan uchrashuv, yopilish marosimi hamda boshqa qator tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring