Tennischilar AQSHga borishga xavfsiramoqda
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep tennis boʻyicha AQSH ochiq chempionati — “US Open”da ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda sportchi «Tvitter»dagi blogida maʼlum qildi.
“Hozir yashayotgan muhitimizdagi barcha omillar hamda alohida vaziyatlarni baholagan holda Nyu-Yorkka bormaslikka va “US Open”da qatnashmaslikka qaror qildim”, deya yozgan tennischi.
Oldinroq xotin-qizlar oʻrtasida dunyoning birinchi raketkasi avstraliyalik Eshli Barti, WTA reytingida beshinchi oʻrnida turuvchi, turnirning amaldagi chempioni kanadalik Byanka Andreyeska, rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova va Svetlana Kuznetsova, ukrainalik Elina Svitolina, shuningdek, erkaklar oʻrtasida amaldagi gʻolib ispaniyalik Rafael Nadal kabi bir qator taniqli tennischilar musobaqada ishtirok etishni rad etishgandi.
Xalep “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi Fransiya ochiq chempionati hamda Uimbldon turnirining ikki karra gʻolibi hisoblanadi va ayni paytda WTA reytingida ikkinchi oʻrinda turibdi.
“US Open” 31-avgust — 13-sentyabr kunlari oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring