Temir yoʻl transporti infratuzilmasi xavfsizligi boʻyicha yangi texnik reglament tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori (480-son, 2025-yil 31-iyul) bilan “Temir yoʻl transporti infratuzilmasi xavfsizligi toʻgʻrisida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
Mazkur reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transporti infratuzilmasiga nisbatan qoʻllaniladi.
Temir yoʻl mahsulotlari konstruktorlik hujjatlariga muvofiq ravishda quyidagi identifikatsiya belgilarga ega boʻlishi shart:
— muvofiqlik belgisi;
— raqam;
— ishlab chiqaruvchining yorligʻi;
— ishlab chiqarilgan sana;
— rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirilganligi haqidagi maʼlumotlar.
Shuningdek, temir yoʻl mahsulotining muvofiqligi majburiy tartibda quyidagi shakllarda tasdiqlanadi:
— majburiy sertifikatlash;
— muvofiqlik toʻgʻrisida deklaratsiyani qabul qilish.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati esa quyidagicha belgilangan:
— mahsulot partiyasi uchun — mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatigacha;
— seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun — 3-yildan oshmasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring