“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Oʻzbekistonda telekommunikatsiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda boʻlishi mumkin.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega boʻladi va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga koʻra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga boʻlinadi.
Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir.
Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir.
Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni litsenziya doirasida cheklanmagan tarzda koʻrsatadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring