“Telegraph”: “Yorqin nur taraladigan diyor”
Buyuk Britaniyaning mashhur “Telegraph” gazetasida Sara Uilerning Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan koʻhna va navqiron Samarqand, Buxoro hamda Xiva shaharlari boʻylab sayohati haqida maqola chop etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Jurnalist Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati haqida soʻz yuritarkan, mamlakatimizni shu kunga qadar yetarlicha kashf qilinmagan “Yorqin nur taraladigan diyor” deya taʼriflaydi.
Muallifning Oʻzbekiston bilan yaqindan tanishish maqsadidagi safari Samarqanddan boshlanadi. Shohi Zinda ¬majmuasida boʻlgan Sara Uiler maqbaralardagi marjon-yashil ranglar jilosini tasvirlab, oʻquvchini meʼmoriy inshootlar derazalaridan tushayotgan quyosh nurining gʻisht qoplamalarda tovlanishidan zavqlanishga -taklif qiladi.
Xususan, maqolada shunday keltiriladi: “Qusam ibn Abbos maqbarasidan chiqar ekansiz, Shohi Zinda majmuasining uzun yoʻlagi koʻz oʻngingizda namoyon boʻladi. Temuriylar meʼmorchiligi dunyoda betakrordir. U oʻz goʻzalligi bilan sizni maftun etmay qolmaydi. Samarqandda, shuningdek, Amir Temurning ¬nefrit toshli, gumbazsimon frizlar bilan oʻralgan va ¬naqshlar tushirilgan maqbarasi ham bor”.
Britaniyalik muallif Registonni ulugʻvorlik kasb etgan madrasalar maydoni, uning shimoli-sharqida joylashgan ¬Bibixonim maqbarasini esa ranglar moʻjizasi, deb eʼtirof etadi.
Shundan soʻng sayyoh Buxoroga borgani, u yerda shahar manzarasi va Somoniylar maqbarasi bilan tanishgani haqida tasvirlaydi. Uning aytishicha, tong saharda maqbara gʻishtlari aniq aks etib, oqish rangda jilolanadi.
“Maqbaradan uncha uzoq boʻlmagan masofada hayratlanarli Minorai Kalon joylashgan. Buxoro uzoq yillar davomida Markaziy Osiyoning ilm-fan, diniy va madaniy markazi boʻlib kelgan”, deydi jurnalist.
Xiva britaniyalik sayyohning Oʻzbekiston boʻylab safari yoʻnalishida soʻnggi manzildir.
“Ichan qalʼa” majmuasining baland devorlari botayotgan quyosh nurida och-sargʻish rangda namoyon boʻladi. Bu yerda odamlar kechki mahal yulduzlarga toʻla osmon ostidagi madrasalar oralab sayr qiladi”, deya oʻz -taassurotlari bilan oʻrtoqlashadi S. Uiler.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring