«Telegram» oʻzining ichki valyutasini ishga tushirdi
Illyustrativ foto
«Telegram» asoschisi Pavel Durov ushbu ijtimoiy tarmoqning ichki valyutasi boʻlgan «Telegram Strats» borligini maʼlum qildi.
Ushbu valyuta bilan mini-ilovalarda raqamli xizmatlar va tovarlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, elektron kitoblar, kurslar, Android va iOS ilovalaridagi oʻyinlardagi turli predmetlargacha xarid qilish mumkin.
«Strats»lar «Apple», «Google» doʻkonlarida ilova ichidagi xaridlar orqali yoki PremiumBot boti yordamida sotib olinadi. Bundan tashqari, valyuta «Fragment» platformasi orqali «Toncoin»ga aylantiriladi.
Durovga koʻra, yangi valyutadan imtiyozli shartlar asosida «Telegram»da ilova reklamasini xarid qilishda ham foydalanish mumkin.
«Apple», «Google» foydalanuvchilar ulardan «Strats» xarid qilganida 30 foiz komissiya oladi, biroq «Telegram Strats» yordamida sotib olingan reklamani «Telegram» subsidiyalaydi. Shu tariqa, agar ishlab chiquvchilar oʻzlarining ilovalarini targʻib qilish uchun yulduzlarni qayta sarmoya qilsalar, umumiy komissiya deyarli 0 foizni tashkil qiladi. Natijada «Telegram»da ilovalarni ishga tushirish anʼanaviy mobil ilovalarni ishga tushirishdan koʻra koʻproq iqtisodiy maʼnoga ega», — deydi Durov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring