«Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi
Foto: Arxiv surat
Qonunga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qoʻllash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
— mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sogʻligʻini muhofaza qilish;
— atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish;
— xaridorlarni (isteʼmolchilarni) chalgʻitadigan harakatlarning oldini olish;
— energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
— savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;
— ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.
Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
— muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
— majburiy sertifikatlashtirish.
Qonunga koʻra, davlat nazorati organlari oʻrtasida yuqori xavf tugʻdiradigan mahsulot haqida tezkor ravishda oʻzaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring