Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini mustahkamlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib borilgan suhbatlarni tinglash yoki ulardan axborot olish jarayonlari ham sud nazorati ostida amalga oshiriladi. Ushbu choralar fuqaro huquqlarini asossiz cheklashning oldini olishga qaratilgan.
Qonunga muvofiq, tergov sudyalari jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yuritish jarayonida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustidan sud nazoratini amalga oshiradi. Shu bilan birga, tergov sudyalari protsessual qarorlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlib, ular sud jarayoniga qadar amalga oshiriladigan huquqiy harakatlarni qonuniyligini nazorat qiladi.
Shuningdek, yangi huquqiy normalar doirasida jinoyat ishlarida tinuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish tartibi ham aniq belgilandi. Endilikda, agar tegishli asoslar mavjud boʻlsa, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tomonidan tinuv oʻtkazish uchun asoslar bayon qilingan holda iltimosnoma taqdim etilishi shart.
Qonun hujjatlarida yana bir muhim oʻzgarish – mol-mulkni hatlash tartibi aniq belgilab qoʻyildi. Unga koʻra, mol-mulkni hatlash boʻyicha iltimosnoma jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan alohida tartibda koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring