TDYUU va Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (CIPE) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi

19:08 28 Aprel 2022 Jamiyat
1004 0

Foto: TDYUU Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (CIPE) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda TDYUU rektori Akbar Tashkulov, xalqaro hamkorlik va uzluksiz taʼlim boʻyicha prorektor Dilshod Umarov, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti dekani Dildora Kamalova, Adliya vazirligi NNTlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Farhod Rasulov, Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazining Yevropa va Yevrosiyo mintaqaviy direktori Natalya Otel Belan, Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (CIPE)ning Oʻzbekistondagi vakili Malika Muqimova, Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazining dasturlar boʻyicha xodimi Kalea Pouyer, «Kinstellar» kompaniyasining Toshkentdagi ofisi yuristi Salimjon Yusupov, TDYUU masʼul xodimlari ishtirok etdi.

TDYUU Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi tomonidan maʼlum qilinishicha, tadbirda A.Tashkulov Toshkent davlat yuridik universitetidagi oʻquv jarayoni, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv davomida imzolangan memorandumning mazmun-mohiyati, maqsad-vazifalari va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, mazkur memorandum Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro munosabatlar va ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi.

 Shuningdek, hujjatda hamkorlikda turli konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlarni tashkil etish, ilmiy loyihalar va kasbiy taʼlim dasturlarini amalga oshirish, TDYUU va AQSH akademik hamkorlari oʻrtasida munosabatlarni yanada mustahkamlash koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, memorandumda Toshkent davlat yuridik universiteti va CIPEning Oʻzbekiston Respublikasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha hamkorligi yanada rivojlantirish hamda TDYUU qoshida “Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi”ni tashkil etish belgilangan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер